AQSH prezident Jo Bayden ilk bor tashqi siyosat bo‘yicha masalalar haqida nutq qildi. Bayden o‘z nutqida Rossiya hukumatidan Navalniyni ozod etishni talab qildi.

«Men prezident Putinga, avvalgi prezidentdan farqli o‘laroq, AQSH Rossiyaning agressiv harakatlari, shu jumladan, bizning saylovlarimizga aralashuvi, kiberhujumlari va o‘z fuqarolarini zaharlanishiga jim qarab turgan kunlari nihoyasiga yetganini ma’lum qildim», — dedi Jo Bayden o‘zi chiqishida.

Jo Baydenning ta’kidlashicha, Navalniy «korrupsiyani fosh qilayotgani uchun o‘ljaga aylangan». «U zudlik bilan, hech qanday shartlarsiz ozod qilinishi kerak», — dedi u.

Ma’lumot uchun, bundan avval Yevropaning bir qator mamlakatlari, shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ham Rossiya hukumatiga shunday talab qo‘ygan edi.