4 fevral kuni Belarus prezidenti Minsk shahrida missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisini qabul qildi. U O‘zbekiston rejalari to‘g‘risida Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashganda «ba’zan cho‘chishini» tan oldi. «U juda ko‘p narsani o‘z zimmasiga olib yubormayaptimi? Hozircha hammasi ish bermoqda», — dedi u.

Belarus prezidenti rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko diplomatning ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidlab, O‘zbekistonni «biz uchun juda yaqin, do‘st mamlakat» deb atadi.

«Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida amalga oshirilayotgan barcha ishlar, aloqalarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlar birinchi navbatda mening do‘stim Shavkat Miromonovich bilan bog‘liq», — deya ta’kidladi Aleksandr Lukashenko.

Belarus prezidenti hozirgi dunyodagi raqobat fonida «O‘zbekiston singari davlat boshqa davlatlar nazaridan chetda qolmasligi mumkinligini» ta’kidladi. «Hozircha, ehtimol uzoqdagi yondashuvlarda, lekin keyinchalik mamlakat bunday muammolarga tobora yaqinlashib qoladi. Ammo prezidentingiz bilan birga muammolarni yengishingizga ishonaman», — dedi Aleksandr Lukashenko.