Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanining sektor rahbarlarini: hokim — Ravshan Qurbanov, prokuror — Baxtiyor Vaxobov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i — Elyor Xaydamatov, soliq inspeksiyasi boshlig‘i — Nosir Maqsudov ishdan oldi.Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tumani 2 ta sektor rahbari: hokim — Qahramon Jo‘rayev, prokuror — Mirvoxid Otaboyev va Yozyovon tumani 1-sektor rahbari hokim — Yo‘lchiboy Boyigitovlar ham vazifasidan ozod etildi.

Bundan buyon 4 ta sektor rahbarlari, viloyat hokimining 7 ta o‘rinbosarlari «mahallabay» ishlab, aholining muammolarini hal qilishga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi ma’lum qilindi.