Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida 2020 yilgi davlat dasturida belgilangan «Madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifasi o‘z vaqtida bajarilmaganiga e’tiroz bildirildi.

Senat raisi Tanzila Narbayeva hujjat loyihasi kechikkanligi sababini tushuntirishga uringan madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Jamol Nosirovni tanqid ostiga oldi.

«Kechirib bo‘lmaydigan har xil bahonalar qilgansizlar. Bahonalar ketmaydi bu yerda. Tezlashtirish kerak edi. Yangi vazifalarni nima aloqasi bor? Vazirliklar nima deydi? Ular aytadiki, biz ishlab, topshirib qo‘yganmiz, endi bizdan soqit bo‘ldi bu masala. U falon idorada turibdi. Siz ijrochimi? Asosiy masalani egasimi? Demak siz baribir javob berasiz», — dedi Senat raisi.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan. Vazirlik vakili

«Hozir hamma sohaga mablag‘ berilayapti davlatimiz rahbari tomonidan. Ayniqsa, madaniyatni rivojlantirish, merosimizni saqlash, turistlarni bu yerga jalb qilish masalasi. Asosan turistlar nimaga keladi? Senator Abdurahim Erkayev cholni misol keltirib, aytdilar-ku, o‘zimizni milliy libosdagi cholga Yevropani libosini kiydirib qo‘ysangiz, baribir ko‘rgani kelmaydi. U aynan O‘zbekistonni tarixiga qiziqib keladi», — deya qo‘shimcha qildi Narbayeva.