Farg‘ona shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. Bu xaqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Men Xayrulla Bozorovni ko‘p yillardan beri bilaman. Uchta tumanda, viloyatda hokim bo‘lib ishlagan. Juda tajribali, hozirgi zamonga munosib, xalqparvar, kamtar inson. To‘rt oydan beri hokim vazifasini bajaruvchi sifatida sizlarning ham sinovingizdan o‘tdi. Farg‘onaga mana shunday bilimli, tajribali odam kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

Xayrullo Bozorov mehnat faoliyatini 1995 yilda soliq inspektori sifatida boshlagan. 2007−2015 yillarda Namangan viloyati hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Uchqo‘rg‘on, Chust va Mingbuloq tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. 2015−2020 yillarda Namangan viloyatini hokimi bo‘lgan. O‘tgan yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2020 yil sentyabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelgan.