Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov vafot etdi
7 may 2021, 10:19

Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov vafot etdi

Prezident maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov 64 yoshida vafot etdi.

Soliq xizmati xodimlari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilishlari mumkin
7 may 2021, 09:25

Soliq xizmati xodimlari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilishlari mumkin

DSQ soliq xizmati xodimlari uchun daromadlarni majburiy deklaratsiya qilish taklifini ilgari surdi. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, ular o‘zlariga tegishli harakatlanuvchi va ko‘chmas mulklar, shuningdek, yil davomida umumiy daromadlaridan olingan boshqa aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiyada ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi
7 may 2021, 08:13

Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi

Namangan viloyatida sel kelishi natijasida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 7 may kuniga belgilangan №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilindi.

Jahon yangiliklari dayjesti
6 may 2021, 19:52

Jahon yangiliklari dayjesti

Fransiya va Gretsiyadagi norozilik namoyishlari, Rossiyada yangi vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani, Yevropa Ittifoqining Isroilni Falastindagi qurilish ishlaridan voz kechishga chaqirig‘i va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi
6 may 2021, 18:19

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi

Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi. Unda tuman va shahar bosqichi g‘olibi 100 mln so‘m, viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 250 mln so‘m va respublikada eng yaxshi maktab maqomiga erishgan muassasa 500 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident
6 may 2021, 18:11

«Hokimlar ham endi chet tilini bilishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘lishini ma’lum qildi. Chet tilini yaxshi bilgan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilanadi. Shuningdek, davlat rahbari nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tildagi yangi telekanallarni ishga tushirish va qizlarni chet tillarini o‘rganishga faol jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi
6 may 2021, 17:58

2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi

Prezident videoselektorda bundan buyon, xorijiy tillar o‘qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi aytildi. «Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur», — dedi u.

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor va hamshira mas’uliyatsizligi sabab vafot etdi
6 may 2021, 17:55

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor va hamshira mas’uliyatsizligi sabab vafot etdi

Baxmal tumani hududida yashovchi ikki nafar homilador ayol to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, kasalliklar o‘z vaqtida aniqlanmaganligi oqibatida aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida
6 may 2021, 17:37

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» gazetasida O‘zLiDeP partiya a’zolari haqidagi maqolani «bozorbop chiqish» deb atadi. «Hammani birdek, bir qolipda fikrlashga o‘rgatish va ayttirish sobiq ittifoq mafkurasiga xos ish va bu „Milliy tiklanish“ partiyasiga yoqqan ko‘rinadi», — dedi deputat. Kusherbayev partiya muamollarni sun’iy yaratish, nizo chiqarish kabi harakatlarni qilayotganga o‘xshayotganligini ta’kidladi.

«Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etiladi» — prezident
6 may 2021, 17:33

«Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etiladi» — prezident

Videoselektorda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi. U samarali o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini bog‘cha, maktab, litsey, oliygoh va o‘quv markazlarida joriy etadi. «Agentlik ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi», — dedi prezident.

Jismoniy shaxslarga YATT ochib, taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi
6 may 2021, 17:21

Jismoniy shaxslarga YATT ochib, taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi

Eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib 425 ming so‘mni tashkil qiladi.

Toshkentda «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilmaydi
6 may 2021, 17:19

Toshkentda «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9 may kuni Toshkent shahrida «O‘lmas polk» aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilgani haqidagi xabarlarga poytaxt ma’muriyati munosabat bildirdi. Hokimiyat bugungi pandemiya sharoitida «O‘lmas polk» aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilmaganligini ta’kidladi.

«Har bir bitiruvchi kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart» — Shavkat Mirziyoyev
6 may 2021, 17:08

«Har bir bitiruvchi kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektorda 53 ming nafar o‘qituvchining atigi 4 foizi milliy va xalqaro sertifikatga egaligi, 11 ming o‘qituvchining 49 foizi esa testdan o‘ta olmaganini ta’kidladi. Davlat rahbari bundan buyon bitiruvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi kerakligini aytdi. «Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim», — dedi u.

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
6 may 2021, 16:50

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botir Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi marta pasaydi
6 may 2021, 16:34

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi marta pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 493 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

IIV Samarqandlik «Alisher» ismli fuqaroga qamash bilan tahdid qilinmaganligini aytmoqda
6 may 2021, 16:14

IIV Samarqandlik «Alisher» ismli fuqaroga qamash bilan tahdid qilinmaganligini aytmoqda

YouTube`dagi «Planetka» kanali ijodkorlari Samarqanddagi sayohatida ularga hamroh bo‘lgan Alisher ismli fuqaroni turizm politsiyasi 15 kunga qamash bilan tahdid qilgani haqida ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligi ushbu holat haqiqatga mos kelmasligini ta’kidladi. Vazirlik unga faqat litsenziya olib, keyin turistlarga xizmat ko‘rsatish kerakligi tavsiya qilinganini aytmoqda.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
6 may 2021, 16:05

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

2021−2022 o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.

TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning may-iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda
6 may 2021, 15:32

TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning may-iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda

O‘zbekiston may-iyun oylarida Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni faollashtiradi. 23−27 may kunlari YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian mamlakatga kelishi, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning esa Bryusselga tashrifi kutilmoqda.

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari
6 may 2021, 15:25

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari

SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan «faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilgan, shu sababli ushbu yoshdan kichiklarga rad javobi berilmoqda. 1 may kuni quyi palata spikeri o‘rinbosari 37 yoshli Odiljon Tojiyev «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

«Oltin daftar»ga xorijda yashab kelayotgan 484 nafar vatandoshlar kiritildi
6 may 2021, 15:02

«Oltin daftar»ga xorijda yashab kelayotgan 484 nafar vatandoshlar kiritildi

Xorijda yashab kelayotgan O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega 484 nafar muvaffaqiyatli vatandoshlar «Oltin daftar»ga kiritildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting