Xorijda yashab kelayotgan 484 nafar muvaffaqiyatli vatandoshlar «Oltin daftar»ga kiritildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Brifingda Konsullik-huquqiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Jumladan:

  • 6 673 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirildi;
  • xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 1 934 nafar O‘zbekiston fuqarolariga ko‘mak, xususan konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi;
  • xorijdagi 884 nafar fuqaro moliyaviy yordam oldi.

Shuningdek, «xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni o‘rnatish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muhim sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish» maqsadida O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega 484 nafar vatandoshlarni o‘z ichiga olgan «Oltin daftar» shakllantirildi.

Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida 15 747 nafar O‘zbekiston fuqarolari xorijiy mamlakatlarda ishga joylashtirilgan.