Bahodirjon Baxromovich Sidiqov «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qilindi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Yangi O‘zbekiston» gazetasining Telegram-kanalida.

Tayinlovga qadar u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari, «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisining geologiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Kompaniyani 2020 yil yanvaridan buyon boshqarib kelgan Mehriddin Abdullayevning yangi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan.

Bahodirjon Sidiqov 2019 yil fevralidan 2020 yil yanvarigacha «O‘zbekneftgaz»ni boshqargan.

Fevral oyi boshida u O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi rahbari bilan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan edi.

Bahodirjon Sidiqovning mehnat faoliyati

  • 1999−2000 — «O‘zLITIneftgaz» AJ texnik xodimi;
  • 2001−2004 — «O‘zLITIneftgaz» MXK muhandis-konstruktor, kichik ilmiy xodim;
  • 2004−2006 — 1-toifali muhandis va «O‘zLITIneftgaz» bo‘limi boshlig‘i v.b;
  • 2006−2007 yillarda — «O‘ztyajneftgazximproyekt» Davlat loyiha instituti loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini baholash bo‘limi boshlig‘i;
  • 2007−2009 — Iqtisodiyot vazirligi yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • 2009−2010 yillarda — «O‘zbekneftgaz» qoshidagi «Neftegazinvest» DK direktori;
  • 2010−2011 yillarda — Uzbekistan GTL QK korporativ masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
  • 2011−2012 — Uzbekistan GT QKning korporativ masalalar bo‘yicha direktori;
  • 2012−2016 yillar — Uzbekistan GT QKda moliya direktori;
  • 2016−2017-yillarda «O‘zbekneftgaz» prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i — «Neftegazinvest» MCHJ direktori;
  • 2017−2017 yillarda — «O‘zbekneftgaz» AJ istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i — «Neftgazinvest» direktori;
  • 2017−2018 yillarda — «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;
  • 2018−2019-yillarda — Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.