Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilarini e’lon qildi. Ushbu kompaniyalar 2023 yilda davlat budjeti daromadlarining 31,2 foizini ta’minlashi prognoz qilinmoqda.

  1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) — 14,8%
  2. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) — 8,1%
  3. “O‘zbekneftgaz” AJ — 1,8%
  4. “O‘ztransgaz” AJ — 1,7%
  5. “Hududgazta'minot” AJ — 1,2%
  6. “Uzbat” AJ — 1,1%
  7. AJ “O‘zavtosanoat” — 0,9%
  8. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ — 0,6%
  9. ““Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK — 0,6%
  10. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 0,4%

budjet, soliq to‘lovchilar

2022 yilda ushbu kompaniyalarning davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 36,44 foizni tashkil etishi prognoz qilingan edi.

2018 yilda prognoz daromadlarining 34 foizi 20 ta yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgandi, ya’ni davlat budjeti daromadlari manbalari ko‘proq diversifikatsiya qilingandi.

O‘sha vaqtda “O‘ztransgaz” ulushi 5,1 foiz, NKMK — 5 foiz, OKMK — 3,1 foizni tashkil etgandi. Shuningdek, ro‘yxatga “Qizilqumsement” — 1,2 foiz, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi — 1,2 foiz, Coscom (Ucell) — 1 foiz, “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvuri operatori Asia Trans Gas — 1,2 foiz, Ohangaransement — 0,6 foiz, Toshkentvino — 1,1 foiz va boshqalar kiritilgandi. Bu kompaniyalarning bir qismi xususiylashtirilgandi.

Shunday qilib, 2023 yilgi davlat budjeti 2018 yilga nisbatan yirik davlat kompaniyalariga ko‘proq qaram bo‘lib qoldi. 2022 yilda NKMK va OKMK ulushi mos ravishda 17,82% va 9,4%, 2021 yilda 20,1% va 6,4%, 2020 yilda 13,5% va 4,6%, 2019 yilda 6,8% va 3,6% ni tashkil etgandi.