Iqtisodiyot

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning boshqaruvchisi bo‘ldi
31 may 2021, 12:57

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning boshqaruvchisi bo‘ldi

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv shartnomalarini imzoladi. Shu tariqa, aeroportlarni yagona markazdan rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi, dedi kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayeva.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
31 may 2021, 11:57

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 trln 268,2 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28 trln 271,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
28 may 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 8,38 so‘mga pasaydi va jami 10 580,65 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.

2025 yilgacha aholi jon boshiga YAIMni $2500 ga yetkazish rejalashtirilmoqda
28 may 2021, 16:22

2025 yilgacha aholi jon boshiga YAIMni $2500 ga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati aholi jon boshiga YAIMni hozirgi paytdagi 1700 dollardan 2025 yilgacha 2500 dollarga va 2030 yilgacha bo‘lgan muddat ichida 4200 dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Reklama bannerlarini buzish bo‘yicha qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan — biznes-ombudsman
28 may 2021, 15:34

Reklama bannerlarini buzish bo‘yicha qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan — biznes-ombudsman

Toshkentda reklama bannerlarining buzilishi masalasini o‘rgangan biznes-ombudsman poytaxt xalq deputatlari kengashining bu to‘g‘risidagi qarorining loyihasi adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi
28 may 2021, 14:48

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi

Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020 yilda davlat byudjetiga qancha daromad tushganini ochiqladi. Yil boshidagi prognozga nisbatan davlat byudjetiga QQSdan 13 trln so‘m kam mablag‘ tushgan. Vazir kamomadlar nimaning hisobiga qoplanganligini ham ma’lum qildi.

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarfladi?
28 may 2021, 12:38

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarfladi?

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.

Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan
28 may 2021, 12:11

Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan

Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi
28 may 2021, 11:31

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi miqdori $23,2 milliardni tashkil etib, yil boshiga nisbatan $133,7 millionga kamaygan.

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi kamayib, depozitlar hajmi o‘smoqda
28 may 2021, 10:42

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi kamayib, depozitlar hajmi o‘smoqda

Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi, deya izoh berdi Markaziy bank. 2021 yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
27 may 2021, 16:08

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 20,88 so‘mga pasaydi va jami 10 589,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.

O‘zbekiston Isroil bilan muntazam aviaqatnovlarni qayta tikladi
27 may 2021, 13:44

O‘zbekiston Isroil bilan muntazam aviaqatnovlarni qayta tikladi

24 maydan boshlab Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent muntazam aviaqatnovlari qayta tiklandi. Aviaqatnovlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
26 may 2021, 16:49

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8,37 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaygan.

Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev
26 may 2021, 11:19

Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyidan yaxshi o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilariga 500 ming so‘m miqdorida hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ularning o‘qituvchilariga 1 mln so‘mdan berilishi belgilandi.

Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan
26 may 2021, 10:02

Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan

Toshkent viloyatida 9 ming 614 ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagani qayd etildi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
25 may 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4,78 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 601,54 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

UzReport TV Beeline ustidan sudga murojaat qildi
25 may 2021, 15:56

UzReport TV Beeline ustidan sudga murojaat qildi

UzReport TV o‘z mobil ilovasida telekanallarning qayta translyatsiyasi tufayli Unitel (Beeline) kompaniyasini mualliflik huquqini buzganlikda ayblab, unga qarshi sudga murojaat qildi. Beeline Uzbekistan ushbu ayblov bilan rozi emasligini va o‘z pozitsiyasini qonunlar doirasida himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekistonliklar Amazon`da savdo qilishlari mumkin
24 may 2021, 16:36

O‘zbekistonliklar Amazon`da savdo qilishlari mumkin

O‘zbekiston eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon`da savdo qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Sotishni boshlash uchun tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy kabinetlarini o‘rnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘shishlari, bank hisob-raqami va xalqaro to‘lov kartalarini ochishlari kerak.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
24 may 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 596,76 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarilgan, rubl esa biroz pasaygan.

Toshkentdagi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘llar qurilish qiymati 49 mln dollarga ko‘tarildi
22 may 2021, 19:22

Toshkentdagi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘llar qurilish qiymati 49 mln dollarga ko‘tarildi

Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli avtoyo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi qiymati 280 mlrd so‘mdan 518,3 mldr so‘mgacha oshirildi. Qurilish ishlari Grand Road Tashkent tomonidan olib boriladi. Hukumat loyihani tendersiz o‘tkazishga ruxsat berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting