Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ko‘plab masalalar qatorida, 2020 yilda davlat tashqi qarzi nimalarga sarflangani haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Moliya vaziri Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, davlat tashqi qarzining hajmi 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd dollar yoki yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbatan 36,5 foizni tashkil etdi. Bundan:

  • 15,1 mlrd dollar — O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz;
  • 6,0 mlrd dollar — O‘zbekistonning kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil yakuni bo‘yicha jami davlat qarzining 17,5% yoki 3,7 mlrd dollari davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga, 12,4% yoki 2,6 mlrd dollari energetika sohasiga, 11,5% yoki 2,4 mlrd dollari transport infratuzilmasiga hamda 11,% yoki 2,3 mlrd dollari uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.