Biznes-ombudsman Toshkent shahrida reklama bannerlari buzilishi holatini o‘rganib chiqdi, deya xabar bermoqda uning matbuot xizmati.

«Gazeta.uz» oldinroq xabar berganidek, poytaxtda 8 apreldan boshlab reklama bannerlarini ommaviy buzib tashlash ishlari boshlandi. Tashqi reklama obyektlari egalari konstruksiyalar qonuniy o‘rnatilganini, ularni buzib tashlash bo‘yicha topshiriq «yuqoridan» kelganligini ta’kidlashdi. Tadbirkorlar hokimiyat vakillarining ushbu harakatlari noqonuniy ekanligini, chunki bannerlar sud qarorisiz buzib tashlanayotganligini aytdi. Reklama sohasi tadbirkorlari prezidentdan yordam so‘rab reklama bannerlariga murojaat joylashdi.

Aprel oyidan boshlab, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida reklama konstruksiyalari buzilishi masalasi jamiyatning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Bir guruh tadbirkorlik subyektlari noodatiy usul orqali, ya’ni Prezidentdan yordam so‘rab, o‘zlariga tegishli bo‘lgan reklama obyektlariga murojaatlarini joylashtirishdi.

«Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, tadbirkorlarga tegishli reklama konstruksiyalarining demontaji Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021 yil 27 martdagi 323/37−6-sonli «Toshkent shahrida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish to‘g‘risida"gi qarori asosida amalga oshirilmoqda», — deyiladi biznes-ombudsman xabarida.

Tadbirkorlar huquqlari bo‘yicha vakil «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi qonunining 21 va 22-moddalari talablariga asosan ushbu qaror loyihasi adliya organlarida ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.

«Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yuqoridagi qarorning qonuniyligiga baho berish hamda vakolat doirasida uni qayta ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berish so‘raldi», — deyiladi bayonotda.

Oldinroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi poytaxtdagi reklama bannerlarining yarmi talablarga javob bermasligini ta’kidlagan edi. Qo‘mita barcha tomonlarni qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan edi.