O‘zbekistonda va Isroilda epidemiologik vaziyat yaxshilangani munosabati bilan Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent muntazam aviaqatnovlari qayta tiklandi, deya xabar berdi Uzbekistan Airways. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvoz 24 may kuni amalga oshirildi.

Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi.

Toshkent — Tel-Aviv aviachiptasining narxi 4 276 000 so‘mdan boshlanadi.

Ta’kidlanishicha, xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlangan. Ushbu ro‘yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigratsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo‘lovchilarni o‘z ichiga olmaydi.

Shuningdek, 72 soatdan ko‘proq vaqt davomida Isroildan tashqarida bo‘lgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PZR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.

Isroilga keladiganlar «Kirish hisoboti» shaklini Isroilga parvoz qilishdan oldin 24 soatdan kechiktirmasdan to‘ldirishlari va Isroil sog‘liqni saqlash vazirligidan elektron ruxsat olishlari talab etiladi. Bundan tashqari, yo‘lovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug‘urtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega bo‘lishlari kerak.talab etiladi, deyiladi xabarda.

Yo‘lovchilar Isroilga kelishlari bilan COVID-19 uchun PZR-testini topshiradilar va 14 kungacha karantinda saqlanishlari mumkin.