O‘zbekiston aholisi endi dunyodagi eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon`da savdo qilishlari mumkin. Bu haqda kompaniya platformasida sotuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati yangilanganida ma’lum bo‘ldi.

Amazon`da savdo qilish imkoniyati Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston uchun ham ochildi.

Amerika platformasida sotishni boshlash uchun o‘zbekistonlik tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tishlari, o‘z shaxsiy kabinetlarini o‘rnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘shishlari, bank hisob-raqami va xalqaro to‘lov kartalarini ochishlari kerak.

Amazon (Amazon.com, Inc.) — bu dunyodagi eng yirik elektron tijorat va umumiy bulutli hisoblash platformasiga ega bo‘lgan daromad hamda bozor kapitallashuvi bo‘yicha Amerika kompaniyasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Siyetlda joylashgan. Jeff Bezos tomonidan 1994 yil 5 iyulda tashkil etilgan.