Iqtisodiyot

O‘zbekiston Tojikistondan 1,2 mlrd kVt soat elektr energiyasini import qiladi
18 may 2023, 13:02

O‘zbekiston Tojikistondan 1,2 mlrd kVt soat elektr energiyasini import qiladi

2023-yilning may-sentabr oylarida O‘zbekiston Tojikistondan 1 mlrd 285 mln kVt soat elektr energiyasini import qiladi.

Tijorat banklarida dollar kursi sezilarli ko‘tarildi
18 may 2023, 09:53

Tijorat banklarida dollar kursi sezilarli ko‘tarildi

Tijorat banklari 18-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 480 — 11 520 so‘m.

YeTTB Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtiradi
17 may 2023, 21:41

YeTTB Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtiradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga Nukusda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish uchun 19,3 mln dollar kredit ajratdi.

Gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish zarur — “O‘zbekneftgaz” rahbari
17 may 2023, 20:43

Gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish zarur — “O‘zbekneftgaz” rahbari

Gaz qazib olishni keskin oshirish vazifasini bajarish uchun konlar va quduqlarni raqamlashtirish talab etiladi, dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlarni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Sun’iy intellektning joriy etilishi O‘zbekistonda 430 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin — OTB tadqiqoti
17 may 2023, 16:14

Sun’iy intellektning joriy etilishi O‘zbekistonda 430 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin — OTB tadqiqoti

To‘rtinchi sanoat inqilobining sun’iy intellekt kabi texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida 100 mingta, qurilish sohasida 334 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu borada Osiyo taraqqiyot bankining yangi tadqiqotida so‘z borgan.

YI va FTA O‘zbekistonning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi
17 may 2023, 15:38

YI va FTA O‘zbekistonning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi

Yevropa Ittifoqi, Fransiya taraqqiyot agentligi va O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishi bo‘yicha strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish borasidagi bitimni imzoladi.

OTP Bank 2 hafta ichida “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitimni yakunlamoqchi
17 may 2023, 15:16

OTP Bank 2 hafta ichida “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitimni yakunlamoqchi

“Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish bo‘yicha birinchi bitim ikki hafta ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda, dedi OTP Bank direktori o‘rinbosari Laslo Vulf. Uning so‘zlariga ko‘ra, OTP 2022-yil dekabr oyida xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolangandan beri “Ipoteka-bank”ni rivojlantirish ustida ishlamoqda.

“Vaqtimiz oz qoldi”. Jamshid Xodjayev — O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi haqida
17 may 2023, 14:30

“Vaqtimiz oz qoldi”. Jamshid Xodjayev — O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi haqida

JSTga a’zo bo‘lish davlat korxonalari uchun jahon bozoriga yo‘l ochadi, ular raqobatga tayyor bo‘lishi, ayrim tarmoqlar o‘z rivojlanish modelini qayta ko‘rib chiqishi kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning ta’kidlashicha, JSTga a’zolik “juda qisqa muddatda va keyingi tendensiya dinamik bo‘ladi”.

O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etiladi
17 may 2023, 11:48

O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasining qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlari tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Sertifikatlar erkin muomalada bo‘ladi va bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 430 — 11 475 so‘m etib belgilandi
17 may 2023, 10:03

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 430 — 11 475 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 17-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 430 — 11 475 so‘m.

O‘zbekistonliklarning narxlar sun’iy oshirilishiga bo‘lgan xavotiri keskin oshdi
16 may 2023, 22:16

O‘zbekistonliklarning narxlar sun’iy oshirilishiga bo‘lgan xavotiri keskin oshdi

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari aprel oyida pasayishda davom etdi, deb xabar berdi Markaziy bank. Shu bilan birga, respondentlar orasida narxlar va ish haqining sun’iy oshirilishini kutilayotgan inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.

Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yildi
16 may 2023, 18:54

Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Markaziy bank “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i kassalarida bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Sinov joriy yil 1-noyabriga qadar davom etadi.

YeTTB 2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qilmoqda
16 may 2023, 15:08

YeTTB 2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari noqulay geosiyosiy vaziyatga chidamlilik ko‘rsatmoqda. YeTTB prognoziga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyoti 2023-yilda 5,2 foizga o‘sadi va kelgusi yilda ham o‘sishda davom etadi.

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi
16 may 2023, 14:50

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturi (yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha) O‘zbekistonning 14 tumanida, jumladan, Toshkentning Chilonzor tumanida ham amalga oshiriladi. 2024-yildan boshlab ushbu dastur butun respublika bo‘ylab joriy etilishi mumkin.

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi
16 may 2023, 14:21

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi

Mastercard O‘zbekistonda birinchi rasmiy vakolatxonasini ochadi. Shuningdek, kompaniya YeTTB bilan kichik biznes egalari, ayniqsa, ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Tijorat banklarida dollar kursi yana tushdi
16 may 2023, 10:45

Tijorat banklarida dollar kursi yana tushdi

Tijorat banklari 16-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 420 — 11 475 so‘m.

O‘zbekistonda qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi
16 may 2023, 09:58

O‘zbekistonda qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi

Respublikada 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi. 2024-yil 1-oktabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.

Bag‘dod tumanida davlat xizmatchilari uyiga quyosh panellarini o‘rnatishga majburlangani rad etildi
15 may 2023, 18:03

Bag‘dod tumanida davlat xizmatchilari uyiga quyosh panellarini o‘rnatishga majburlangani rad etildi

Bag‘dod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari o‘z xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatishga majburlangani aytilgandi. Hokimlik va bo‘lim bunday topshiriq bo‘lmagani, hisobchi va kotibadan “noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun” tushuntirish xati olinganini ma’lum qildi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 490 so‘m etib belgilandi
15 may 2023, 10:21

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 490 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 15-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 375 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 490 so‘m.

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi
15 may 2023, 10:16

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi

I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting