Iqtisodiyot

Davlat mulkini qanday sotish kerak?
16 dekabr 2020, 20:15 1

Davlat mulkini qanday sotish kerak?

Aqlli kim oshdi savdolari tufayli mulkni davlat tasarrufidan chiqarish davlat byudjeti va fuqarolar manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi. To‘g‘ri kim oshdi savdolarini qanday o‘tkazish kerak? Iqtisodchi Behzod Xoshimov maqolasi.

Prezident bayram oldidan narxlar qimmatlashuvining oldini olishni buyurdi
16 dekabr 2020, 19:35

Prezident bayram oldidan narxlar qimmatlashuvining oldini olishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bayramdan oldin go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi. Bosh vazirga ushbu mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish topshirig‘i berildi.

Prezident gaz eksportini qisqartirib, aholi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirishni buyurdi
16 dekabr 2020, 18:31 1

Prezident gaz eksportini qisqartirib, aholi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirishni buyurdi

Bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million metr kub tanqislik mavjud, deya ta’kidladi prezident. Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berib, buning hisobiga, kuniga 7−8 million metr kub gaz qo‘shimcha ravishda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilishini aytdi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda
16 dekabr 2020, 11:31

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda

Vaksina haqidagi yangiliklardan so‘ng oltin narxi arzonlashni boshlagan. Bu esa O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 32,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi O‘zbekistonga yuborildi
15 dekabr 2020, 21:49

Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi O‘zbekistonga yuborildi

Yangi Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi. Yangi krossover 2019 yilda taqdim etilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar faqat Xitoy va Braziliyada sotilayotgan edi.

Pochta bo‘limlarida bank va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi
15 dekabr 2020, 13:03

Pochta bo‘limlarida bank va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi

Pochta bo‘limlarida aholidan to‘lovlarni qabul qilish kengaytirilib, autsorsing asosida bank va davlat xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi.

Xorazm va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan avto va temir yo‘l ko‘prigi quriladi
14 dekabr 2020, 16:13

Xorazm va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan avto va temir yo‘l ko‘prigi quriladi

Amudaryo bo‘ylab Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan deyarli 413 m uzunlikdagi avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi quriladi. Shuningdek, Shovot tumanidan Korauzoq tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l quriladi. Qurilishni yanvar oyida boshlash rejalashtirilgan.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda
14 dekabr 2020, 11:53

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Dollarning rasmiy kursi 20 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 463 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz oshdi.

O‘zbekiston davlat tashqi qarzi yil boshiga nisbatan 18% ga oshgan
11 dekabr 2020, 15:17

O‘zbekiston davlat tashqi qarzi yil boshiga nisbatan 18% ga oshgan

Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18 foizga oshib, 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd dollarga yoki YAIMga nisbatan 32,8 foizga yetgan. Davlat ichki qarzi esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 23,6 trln so‘mni (2,3 mlrd dollar) yoki YAIMga nisbatan 4 foizni tashkil etdi.

Fransiya kompaniyasi bilan birgalikda 8 ta astrologistika markazi tashkil etiladi
11 dekabr 2020, 13:26

Fransiya kompaniyasi bilan birgalikda 8 ta astrologistika markazi tashkil etiladi

Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mahsulotlarning ulgurji savdosi bo‘yicha O‘zbekistonda sakkizta yirik agrologik markazlar tarmog‘ini yaratish va boshqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Ular mamlakatning yirik shaharlari atrofida quriladi. Markazlar orasida eng ixchamining maydoni 10 gektarni tashkil qiladi.

«O‘zeltexsanoat» «Foton»ning davlat aksiyalari paketini Rossiya investorlariga taklif qildi
11 dekabr 2020, 11:27

«O‘zeltexsanoat» «Foton»ning davlat aksiyalari paketini Rossiya investorlariga taklif qildi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov rossiyalik investorlarga «Foton»ning 85,15 foiz aksiyalar paketini taklif qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda elektronika va elektrotexnika sohasida rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, telekom-uskunalar, maishiy va sanoat robotlarini yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish taklifini ilgari surdi.

OTB rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi
10 dekabr 2020, 17:34

OTB rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi

Osiyo taraqqiyot banki bu yil mintaqadagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‘sish prognozlarini -0,7% dan -0,4% gacha yaxshiladi. Markaziy Osiyo YAIMining prognozi 2020 yilda 2,1% darajasida saqlanib qolinadi.

Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi
9 dekabr 2020, 15:00

Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi

Rosselxoznadzor Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqladi. Bunga sabab mahsulotlarda urug‘li jigarrang burishgan virus aniqlanganligi aytilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ozarbayjon, Turkiyaning Antalya va Izmir provinsiyalari hamda Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor olib kirishni ta’qiqlagan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 50 mln dollarlik kapitalga ega investitsion jamg‘arma tuzadi
9 dekabr 2020, 13:59

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 50 mln dollarlik kapitalga ega investitsion jamg‘arma tuzadi

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar ustav kapitali 50 mln dollarga teng bo‘lgan qirg‘iz-o‘zbek investitsion jamg‘armasini tashkil qilishga kelishib olishdi.

Rossiya Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi
8 dekabr 2020, 09:46

Rossiya Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi topilgani sababli Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi. Avvalroq «O‘zdavkarantin» tomonlar cheklovlar qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qilgan edi.

«Monopoliyani to‘xtatishning yagona yo‘li — avtomobillar uchun bojxona to‘lovini pasaytirish» — Bobir Karimov
7 dekabr 2020, 17:59

«Monopoliyani to‘xtatishning yagona yo‘li — avtomobillar uchun bojxona to‘lovini pasaytirish» — Bobir Karimov

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisning birinchi o‘rinbosari Bobir Karimov kirib kelayotgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovini pasaytirishni UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi kurashishning yagona yo‘li deb atadi. Shuningdek, qo‘mita o‘z hisob-kitoblariga shubha qilmasliklarini ta’kidladi.

S&P O‘zbekiston reyting prognozini salbiy deb baholadi
7 dekabr 2020, 13:52

S&P O‘zbekiston reyting prognozini salbiy deb baholadi

S&P O‘zbekiston reyting prognozini «BB-» — salbiy deb baholadi. Ushbu prognoz tashqi qarzlar tez sur’atlarda o‘sishi mumkinligini anglatadi. Shunday bo‘lsa-da, agentlikning ta’kidlashicha, mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqei nisbatan kuchli bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston Ochiq ma’lumotlar reytingida 125 pozitsiyaga yuqoriladi
7 dekabr 2020, 13:37

O‘zbekiston Ochiq ma’lumotlar reytingida 125 pozitsiyaga yuqoriladi

O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) — Ochiq ma’lumotlar reytingida 125 pozitsiyaga yuqoriladi va Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
7 dekabr 2020, 11:50

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 443 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz qimmatladi.

O‘zbekiston Rossiyaga koronavirusga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi
7 dekabr 2020, 11:48

O‘zbekiston Rossiyaga koronavirusga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi

O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Tashkent Pharma Park hududida koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ishlab chiqarishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting