O‘zbekiston prezidentining 14 dekabrdagi qarori bilan pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilish ikki barobarga kengaytiriladi hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

2021 yil 1 mayga qadar bank plastik kartalariga pochta aloqasi bo‘limlari orqali to‘liq xizmat ko‘rsatish (kartalarni mablag‘ bilan to‘ldirish, naqd pul yechish, jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish) tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida 13 ta turdagi davlat xizmatlari autsorsing asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.