Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bayramdan oldin mahsulotlar narxini oshirishga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi.

«Bayram kunlarida go‘sht, shakar, guruch, o‘simlik yog‘i narxlari bir so‘mga qimmatlashsa ham, qattiq choralar ko‘riladi… Bizda zaxiralar bor. Tizimli ishlash kerak. O‘g‘irlik bo‘lmasa, bunga erishish mumkin», — dedi prezident.

Bayram oldidan mahsulotlar narxi qimmatlashib ketmasligi uchun, bosh vazir Abdulla Aripovga 5000 tonna qo‘shimcha shakar va guruch, hamda 2000 tonna o‘simlik yog‘i sotib olish topshirig‘i berildi.