Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati xabariga ko‘ra, 11 dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga ta’qiq kiritiladi.

Ta’qiq sababi etib OOO «SUNNY LAND EXPORT» korxonasi (Qashqadaryo viloyati) tomonidan Rossiyaga olib kirilgan pomidorlarda urug‘li jigarrang burishgan virusi (ToBRFV Tomato brown rugose fruit virus) aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Rosselxoznadzor 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyati va 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan Rossiyaga olib kelinadigan pomidor va qalampirlarga ham taqiq qo‘ygan edi.

Bundan tashqari, federal xizmat 14 dekabrdan Арманистоннинг Armavir viloyatidan pomidor va qalampir hamda 10 dekabrdan Ozarbayjondan pomidor va olmalarni import qilishni taqiqlamoqda.

Shuningdek, Rosselxoznadzor 11 dekarbdan Turkiyaning Antalya va Izmir provinsiyalaridan pomidor va qalampir importini ham taqiqladi.