S&P xalqaro reyting agentligining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi «BB-» (reyting prognozi: «salbiy») darajasida saqlanib qolingan.

Ushbu prognoz hukumatning tashqi qarzi tez sur’atlarda o‘sishda davom etishi mumkinligini aks ettiradi.

S&P prognoziga ko‘ra, kelgusida quyidagi sabablar reytinglarning yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin:

  • o‘rta muddatlarda iqtisodiy o‘sish va to‘lov balansining joriy hisobi tushumlarining ortishi natijasida tashqi qarz, jumladan, davlat qarzi o‘sish sur’ati sekinlashsa;
  • O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va davlat korxonalari islohoti iqtisodiyot o‘sish salohiyatining va davlat korxonalari moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga olib kelsa;
  • byudjet tushumlarining bazasi va eksport tarkibi diversifikatsiya qilinsa.

Agentlikning ta’kidlashicha, mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqei reytinglardagi taqqoslanishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan yetarlicha kuchli bo‘lib qolmoqda. Hukumatning sof qarzi pastligicha qolmoqda va reytinglar darajasini saqlab turibdi.

Shuningdek, hisobotda hukumat islohotlarni amalga oshirish va vazifalarni bajarish borasida muvaffaqiyatga erishgani, ammo rivojlanishni past darajadan boshlashga majbur bo‘lganligi aytilgan.