O‘zbekistonda Amudaryo bo‘ylab Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonni bog‘laydigan deyarli 413 m uzunlikdagi avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi quriladi. Bu haqda 13 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Shovot tumanidan Korauzoq tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l quriladi. Qurilishni yanvar oyida boshlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yaqin uch yil ichida 2370 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanishi kutilmoqda.

Ko‘prik sxemasi. Foto: «O‘zbekiston 24».

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi boshqaruvi raisi Husniddin Xosilov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida Amudaryo bo‘ylab uzunligi 412,7 metr bo‘lgan yangi ko‘prik birlashtirilgan bo‘lishini, ya’ni avtomobil va temir yo‘l transporti uchun mo‘ljallangan ko‘prik bo‘lishini ta’kidladi. Aytilishicha, yangi ob’ekt masofani 240 km ga va yuklarni tashish vaqtini 6 soatga qisqartiradi. Bundan tashqari, yuklarni tashish xarajatlari 150 mlrd so‘mga kamayishi kutilmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbarining ma’lum qilishicha, prezident qurilish ishlarini yanvar oyida boshlash to‘g‘risida ko‘rsatma bergan va kerakli mablag‘larni ajratgan.