O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) — Ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.

Ochiq ma’lumotlar reytingida O‘zbekiston Osiyo davlatlari orasida eng katta o‘sish kuzatilgan mamlakat bo‘ldi.

Mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birato‘la 125 pozitsiyaga yuqorilagan bo‘lib, dunyo miqyosida O‘zbekiston bilan bir xil darajadagi o‘sish faqat Sent-Lyusiya orol-mamlakatida kuzatilgan.


Open Data Watch — ochiq ma’lumotlar va rasmiy statistika o‘rtasida faoliyat olib boruvchi xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi.

The Open Data Inventory (ODIN) rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari (MSO) bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va rag‘batlantirishga qaratilgan qamrov va ochiqlikni baholaydi. Shuningdek, reyting mamlakatning statistik takliflari qanchalik to‘liqligini va ulardagi ma’lumotlar xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishiniga qarab, ma’lum mezonlar asosida tuziladi.