13 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13360 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida va 9 nafari Navoyi viloyatida barchasi aholi orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 363 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 7852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.