12 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12855 (+149) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Andijon viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 17 nafari esa aholi orasida) 76 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar O‘zbekistonda 7723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda 5073nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.