13 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13193 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 25 nafari Namangan viloyatida (shundan 21 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 20 nafar Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari Farg‘ona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 5280 kishi davolanmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 7852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.