13 iyul kuni O‘zbekistonda 594 holatda koronavirus qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 13591 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 272 tasi karantin muassasalarida, 322 tasi aholi orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, Toshkent shahri va Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 178 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 13591 nafar bemordan 8030 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5498 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 51 555 nafar, statsionar karantinda esa 23 860 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.