14 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13993 (+121) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 121 nafari Toshkent shahrida (shundan 86 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 35 nafari aholi orasida) aniqlangan.

️Bugun ayni paytga qadar mamlakatda 8074 (+44) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aydi.

️Hozirda 5854 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.