14 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13872 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 201 nafari Toshkent shahrida (shundan 50 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 151 nafari aholi orasida), 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Қорақалпоғистонда koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 15 nafar Namangan viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafar Jizzax viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 5778 kishi davolanmoqda. Ulardan 53 nafari og‘ir, 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 8030 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.