29 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22374 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 190 nafari Toshkent shahrida (shundan 94 nafari tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 96 nafari esa O‘rtasaroy karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 11 nafari Andijon viloyatida, qolgan 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 481 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 12668 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.