28 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21699 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent shahrida (ulardan 50 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 72 nafari esa Qozog‘istondan «G‘ishtko‘prik» chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 32 nafari Toshkent viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 18 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 490 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 12026 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Bundan tashqari, shu vaqtga qadar COVID-19 asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni 125 nafarga yetdi.

Navbatdagi bemorlar o‘limi Toshkent shahrida yashagan 50 yoshli R.D. (erkak) va Toshkent shahar 61 yoshli M.M. (erkak) bo‘lib, birinchisi o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan, ikkinchisi esa o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.