O‘zbekistonda 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan va ulardan 120 nafari sog‘aygan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Barno Abdusamadova «O‘zbekiston 24» telekanaliga ma’lum qildi.

«Hozirgi kunga qadar 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan bo‘lsa, ulardan 234 nafarida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ularning orasidagi 120 nafari tuzalib, uylariga javob berildi.️ Ming afsuslar bo‘lsinki, shular orasida 2,9% holatda (taxminan 7 nafar — tahr.) o‘lim bilan tugagan», — dedi Barno Abdusamadova.

Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi to‘rt kun ichida 5 nafar koronavirus tasdiqlangan homilador ayolning vafot etgani haqida ma’lum qilgandi.