27 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20952 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida, 48 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 421 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 11245 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Bundan tashqari, shu vaqtga qadar COVID-19 asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni 119 nafarga yetdi.

Navbatdagi bemorlar o‘limi Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli B.T. (erkak) va Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashagan 64 yoshli X.X. (ayol) bo‘lib, ular o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan hamda o‘pka shishidan vafot etgani xabar berildi.