O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlandi. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Nurmat Otabekov Kun.uzga bergan intervyusida kasallikning jiddiy alomatlari yo‘qligini va shifoxonada davolanayotganini ma’lum qildi.

So‘nggi oylarda Nurmat Otabekov har kuni mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan brifinglardagi chiqishlari bilan tanildi. Prezidentning 23 iyuldagi farmoni bilan Nurmat Otabekov COVID-19 tarqaligiga qarshi kurashdagi munosib ulushi uchun «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.