28 iyul kuni O‘zbekistonda 684 holatda kasallik qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi holatlarning 125 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 559 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlarida jami 591 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 893 nafar bemordan 12 265 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 502 nafar bemordan 206 nafari og‘ir, 91 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.