29 iyul kuni mamlakatimizda 692 holatda koronavirus inyeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 96 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 596 tasi esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jumladan, Toshkentning Uchtepa tumanida yashagan 22 yoshli homilador ayol hayotdan ko‘z yumdi. Rasman tasdig‘ini topgan o‘lim holatlari 131 taga yetdi.

Toshkent shahri, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Namangan hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 672 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 22 585 nafar bemordan 12 937 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 57 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 517 nafar bemordan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.