Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Davlat komissiyasiga Qozog‘istonda karantin tadbirlarini yana ikki haftaga uzaytirishni va keyinchalik bosqichma-bosqich yumshatishni buyurdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Qaror «iyul oyida joriy etilgan va Qozog‘iston va qo‘shni davlatlardagi epidemiologik vaziyatning murakkablashishini hisobga olgan holda, cheklov chora-tadbirlarining ijobiy ta’sirini yanada kuchaytirish» maqsadida qabul qilingan.

5 iyul kuni Qozog‘istonda qattiq karantin rejimi joriy etildi. Dastlab u ikki haftaga mo‘ljallangan edi, ammo keyin oy oxiriga qadar uzaytirildi. Qozog‘iston hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishining ko‘payishi munosabati bilan cheklov choralarini boshladi.

Aqorda ma’lumotlariga ko‘ra, 5 iyuldan beri mamlakatda COVID-19 bo‘yicha ro‘yxatga olingan holatlar 29 foizga kamaygan. Kasallanganlarning soni kuniga 1500−1600 kishi darajasidagi ko‘rsatkichda barqarorlashdi. Kasalxonalarning to‘lganlik darajasi 43% ga, shu jumladan reanimatsiya bo‘limlari 27% ga kamaydi, tez yordam chaqiruvlari kamaydi.

29 iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 86,1 mingta koronavirus holatlari aniqlandi, 56,6 ming kishi tuzaldi, 793 kishi vafot etdi.