27 iyul kuni O‘zbekistonda 678 ta holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Yangi holatlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Тошкент shahri, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 569 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 209 nafar bemordan 11 674 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 9 414 nafar bemordan 214 nafari og‘ir, 83 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 67 155 nafar, statsionar karantinda esa 25 178 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.