Siyosat

dayjest

Tailand viza rejimi uzaytirilishi bo‘yicha rasman hech qanday ma’lumot e’lon qilgani yo‘q — O‘zbekiston TIV

Tailand OAV 1-iyundan 36 ta davlat (jumladan, O‘zbekiston) uchun vizasiz rejim joriy qilinishi haqida yozgandi. O‘zbekiston TIV bu bo‘yicha Tailand hukumati qarori borligi, ammo hali rasman ma’lumot berilmaganini ma’lum qildi. Tailanddan rasmiy nota olinishi bilan qo‘shimcha xabar beramiz, deyiladi xabarda.


dayjest

“Neytral va juda muvozanatli ekanidan minnatdormiz”. Putin — O‘zbekistonning Rossiya-Ukraina urushidagi siyosati haqida

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga nisbatan O‘zbekistonning “neytral va o‘ta muvozanatli” siyosati uchun minnatdorlik bildirdi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Turkiya aerokosmik kompaniyasida bo‘ldi (foto)

Prezident Anqara shahridagi Turkish Aerospace Industries kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. U 2023-yilda dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan. U yerda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda aviatsiya parvozlari namoyishi ham o‘tkazildi. Foto.


dayjest

Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Turkiya poytaxti Anqarada O‘zbekiston rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘anning tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Foto.


dayjest

O‘zbekiston va Turkiya xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hukumatlar oldiga tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.


dayjest

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 10 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbulda O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif doirasida 10 mlrd dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.


Iqtisodiyot

dayjest

Markaziy bank ilk bor xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan ilk bor zaxiralarni diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga birlamchi investitsiya kiritildi va tegishli portfellar shakllantirildi.


dayjest

“Bu tarixiy voqea”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangani haqida

Pekinda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. “Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarni tabriklab.


Jamiyat

dayjest

Samarqandda xorijdagi eri bilan janjallashib, o‘g‘lini qiynashga uringan ayolga jinoyat ishi ochildi

Kattaqo‘rg‘on shahrida turmush o‘rtog‘i bilan videomuloqot chog‘ida janjallashib, o‘g‘lini bo‘g‘ishga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayolning aytishicha, eri Rossiyada boshqa ayolga uylangan va qaytishni istamayapti. Bolamni bo‘g‘madim, erimni shunday qilib qo‘rqitmoqchi bo‘ldim, dedi u.


dayjest

Tartibga solinmagan o‘tish yo‘llarining navbatdagi qurbonlari: Nurobodda yuk mashinasi ikki bolali ayolni urib ketdi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 25 yoshli “KamAZ” haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lakchasida ikki bolali ayolni urib yubordi. Ikkala bola ham halok bo‘ldi.


dayjest

Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlardan ogohlantirildi

Migratsiya agentligi Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan va o‘sha yerdagi o‘zbekistonliklarni noqonuniy migratsiya bo‘yicha “Nelegal-2024” reydlaridan ogohlantirdi. Qonun buzilishi holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda. Agentlik qoidalarga rioya qilishni so‘radi.


dayjest

“Baxti Tashkentskiy” sudi: 37 kishining har biriga qanday ayblov qo‘yilayotgani bo‘yicha batafsil

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni davom etmoqda. Unda 37 nafar sudlanuvchining har biriga qanday ayblov qo‘yilayotgani o‘qib eshittirildi. Ularning 3 nafari aybiga qisman iqror bo‘ldi, qolganlari ayblovni rad etmoqda.


dayjest

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha birinchi xalqaro kongress o‘tkazilmoqda

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro kongress 300 ga yaqin ishtirokchini birlashtirdi. “Bolalar sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish burchimizdir”, — dedi forumda so‘zga chiqqan birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva.


dayjest

Farg‘ona viloyatida 3 kishi suvga cho‘kib, halok bo‘ldi

Oltiariq tumanida fermer xo‘jaligi yeridagi sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun borgan 3 kishi (bir erkak va 2 nafar voyaga yetmagan bola) cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.


dayjest

“Chilonzortumangaz” xodimlari pora olganlikda gumonlanmoqda

Toshkentda “Chilonzortumangaz” xodimi va yetakchi muhandisi 25 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Ular tadbirkorga gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan.


dayjest

“Bahodir Yalangto‘sh"ni suratga olishga salkam 30 mlrd so‘m sarflandi — film rejissyori

“Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmini suratga olishga 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Film rejissyori Jahongir Ahmedovning aytishicha, bu pulning teng yarmiga “O‘zbekfilm” paviloniga eng oxirgi texnologiyalar olib kelingan. Kartina to‘laligicha pavilonda suratga olingan.


dayjest

Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi

Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin"ligidan xavotirda.


Jahon

dayjest

“Gazprom” urushdan oldingi holatiga qaytishi uchun kamida 10 yil kerak — Financial Times

Financial Times Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbariyati uchun tayyorlangan hisobotga tayanib, korxonaga gaz savdosini urushgacha bo‘lgan hajmga qaytarish uchun kamida 10 yil vaqt kerak bo‘lishini yozdi. Hisobot mualliflari davlatning sezilarli yordamisiz yangi bozorlarni topish qiyin bo‘lishini aytgan.


dayjest

So‘nggi 12 oy tarixdagi eng issiqlari bo‘ldi

Oxirgi 12 oy ichida global harorat kuzatuvlar tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. “Iqlim jahannamiga olib boradigan yo‘ldan chiqishimiz kerak”, — dedi u.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!