6-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida Turkish Aerospace Industries Inc. kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezidentga kompaniya mahsulotlari namunalari, ishlab chiqarish jarayoni va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari taqdimot qilindi.

1984-yilda tashkil etilgan kompaniya turg‘un va aylanma qanotli havo texnikasi, uchuvchisiz uchish qurilmalari va sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va aerokosmik tizimlarni integratsiyalash sohalarida Turkiyaning yetakchi texnologiya markazidir, deyiladi xabarda.

2023-yilda Turkish Aerospace Industries dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan. Uning yillik daromadi 1,5 milliard dollarni tashkil etadi. Kompaniyada 15 mingdan ziyod xodim, shu jumladan, 7 mingga yaqin muhandis, 6,5 mingdan ortiq texniklar va boshqa ishchilar mehnat qiladi.

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyevga mamlakat mudofaa sanoatining keng turdagi qurol-yarog‘ va harbiy texnikani ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa korxonalari faoliyati ham taqdimot qilindi. Aviatsiya texnikasining namoyish parvozlari ham o‘tkazildi.

Foto

turkish aerospace, туркия, шавкат мирзиёев

turkish aerospace, туркия, шавкат мирзиёев

turkish aerospace, туркия, шавкат мирзиёев

turkish aerospace, туркия, шавкат мирзиёев

turkish aerospace, туркия, шавкат мирзиёев

turkish aerospace, туркия, шавкат мирзиёев

turkish aerospace, туркия, шавкат мирзиёев

Video

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga rafiqasi hamrohligida 5-iyun kuni rasmiy tashrif bilan borgandi. Poytaxtning “Esonbug‘a” aeroportida davlat rahbarini mamlakat vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.