3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘li, akasi — jami 37 kishiga nisbatan ochiq sud jarayoni boshlandi, jarayonda “Gazeta.uz” muxbiri ham ishtirok etdi.

Ushbu ish jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida JIB Shayxontohur tumani sudi raisi Tolibjon Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Oliy sud axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 36 nafar sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish va 1 nafariga garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan. Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh aniqlangan.

Sudda dastlab 37 nafar sudlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritildi. Shundan so‘ng davlat ayblovchisi sudlanuvchi Baxtiyor Qudratullayev va boshqalarga oid ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi.

Jinoiy uyushma a’zolari quyidagi moddalarda ayblanmoqda:

Kudrattullayev Baxtiyor Zaparovich (1971-yil 19-oktabrda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining:

  • 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 109-modda 2-qismi (Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish / ba’zaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 138-modda 1-qismi (Birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish / BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 242-modda 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat / 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish / 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 276-modda 2-qismi “a” va “b” bandlari (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish / 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 277-modda 2-qismi “b” va “v” bandlari (Bezorilik / 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Kudratullayev Ixtiyorjon Baxtiyor o‘g‘li (1996-yil 8-dekabrda tug‘ilgan, Baxtiyor Kudratullayevning o‘g‘li) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “b” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Kudratullayev Shuxrat Zaparovich (1966-yil 14-dekabrda tug‘ilgan, Baxtiyor Kudratullayevning akasi) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Kurbanov Shukurali Xaydaraliyevich (1964-yil 30-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 138-modda 1-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish / BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi. Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Zafarov Bekzod Baxtiyorovich (1994-yil 24-mayda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi. Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmaydi).

Raximov Shaxriyor Shoximardonovich (1981-yil 24-yanvarda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi. Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmaydi);
  • 273-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish / 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Xodjayev Abbosxon Axmadovich (1982-yil 24-iyunda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 277-modda 2-qismi “b” va “v” bandlari (Bezorilik / 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Sulaymonqulov Sherali Ro‘ziyevich (1978-yil 25-yanvarda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 138-modda 1-qismi (Birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish / BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan tovlamachilik / 10 yildan 15 besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Shakurov Ramzes Fikrat-ogli (1971-yil 26-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 273-modda 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish / 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Vapayev Feruz Muxammatsalayevich (1988-yil 29-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik / BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Nasirxodjayev Matlab Mansurovich (1979-yil 20-sentabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Muminxo‘jayev Davlatxuja Komilxo‘ja o‘g‘li (1991-yil 22-sentabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Usmonboyev Maxmudjon Bemat o‘g‘li (1995-yil 13-avgustda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Shodmanov Muitdin Maxmudovich (1969-yil 17-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Xudayarov Baxtiyor Abdixamidovich (1984-yil 11-avgustda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Kamalov Fayziddin Muxidinovich (1973-yil 27-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Kurbanov Maxamadjon Kadirjanovich (1982-yil 10-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik / BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Islamov Otabek Shuxratovich (1988-yil 09-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 165-modda 1-qismi (Tovlamachilik / 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik / BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi);
  • 168-modda 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik / BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 277-modda 2-qismi “b” va “v” bandlari (Bezorilik / 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Aliyev Azizjon Vali o‘g‘li (1996-yil 17-martda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Tursunboyev Akmaljon Narimon o‘g‘li (1995-yil 1-avgustda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik / BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Narmirzayev Bunyod Taxirovich (1980-yil 16-dekabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Mirzoyev Matlub Abdusalimovich (1985-yil 25-mayda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining:

  • 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
  • 168-modda 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik / BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Sharipov Dilshod Tulkinovich (1980-yil 14-martda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Mirzaxanov Anvar Babajanovich (1972-yil 4-martda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Norkulov Akmalbek Xamrakuli o‘g‘li (1997-yil 22-iyulda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Xatamov Sanjar Ravshan o‘g‘li (1991-yil 24-iyunda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Jumaniyozova Nargiza Rustamovna (1983-yil 8-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Turmonov Toir Nig‘matovich (1966-yil 9-iyulda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Mashrafxanov Avaz Anvarovich (1970-yil 8-oktabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Kurbanov Valijon Akramovich (1973-yil 23-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Maxamadiyorov Alimardon Xudayberganovich (1982-yil 19-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Djurayev Asadullo Faxritdinovich (1989-yil 26-iyunda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Bakayev Baxtiyor Yakubovich (1973-yil 21-mayda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Soliyev Jamshid Abdulazizovich (1992-yil 19-sentabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandlari (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Bagadirov Nemat Akabirovich (1965-yil 27-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

elyov Andrey Aleksandrovich (1965-yil 27-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

Ibadullayev Muradbek Xabibullayevich (1983-yil 26-yanvarda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

Ammo Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi. Uch nafar sudlanuvchi qisman tan olgan bo‘lsa, qolganlari ayblovlarga iqror emasligini ta’kidladi.