6-iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, uning sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an shohsupaga ko‘tarilgach, O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari eshittirildi. So‘ng ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlari tor doirada muzokaralar o‘tkazmoqda, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tomonlar keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.

Avvalroq prezident Anqara shahrida 2023-yilda dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan Turkish Aerospace Industries faoliyati bilan tanishgani haqida yozgandik.

Video

Foto

prezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiyaprezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiyaprezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiyaprezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiyaprezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiyaprezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiyaprezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiyaprezident tashrifi, shavkat mirziyoyev, turkiya