5-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro iqtisodiy forum o‘tayotgan Sankt-Peterburg shahrida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uch yarim soatdan ko‘proq suhbatlashdi.

Suhbatda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, AQSh, O‘zbekiston, Xitoy, Eron, Buyuk Britaniya, Turkiya, Koreya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya, Fransiyadan axborot agentliklari (jumladan, Reuters, AFP, AP, Kyodo News, ANSA) vakillari ishtirok etdi.

абдuсаид кўчимов, afg‘onистон, владимир пuтин, россия - uкраина, ўза

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA) bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov ham qatnashib, Putinga Afg‘oniston masalasida savol yo‘lladi.

“Vladimir Vladimirovich, yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda siz prezident Shavkat Mirziyoyev bilan dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdingiz. O‘zbekistonimiz uchun qo‘shni Afg‘oniston zaminidagi tinchlik va barqarorlik nihoyatda muhim. Afsuski, Ukrainadagi voqealar bundan kam bo‘lmagan dolzarb, bizningcha, Afg‘oniston masalasini global kun tartibidan butunlay chiqarib yuborganini kuzatmoqdamiz”, — deya gap boshladi u.

Abdusaid Ko‘chimov.Abdusaid Ko‘chimov.

Abdusaid Ko‘chimovning ta’kidlashicha, Afg‘onistonning yangi hokimiyati bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, uzoq vaqtdan beri azob chekayotgan afg‘on xalqining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda yordam berish uchun obyektiv ehtiyoj mavjud. Qolaversa, Afg‘onistonning yangi hukumati, ya’ni “Tolibon” harakatining mamlakatda tinchlik o‘rnatishga, barcha davlatlar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga intilayotganini ko‘rish mumkin.

Rossiya Federatsiyasi uchun Afg‘oniston bilan muloqotni davom ettirish qanchalik muhim? Afg‘oniston hozirda Rossiya siyosatida muhim o‘rin tutadimi? Bu mamlakat atrofidagi jarayonlarga munosabatingiz qanday?” — deb savol berdi O‘zA bosh direktori.

Putin savolga javob berishdan avval O‘zbekistonga tashrif juda puxta, samarali va natijaviy bo‘lganini ta’kidladi.

Bunday format, ehtimol, hozircha hech kim bilan bo‘lmagan bo‘lsa kerak, aniqrog‘i, prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan biz nafaqat O‘zbekistonga prezident taklifi bilan katta hukumat delegatsiyasi bilan keldik, balki ayni vaqtda hududlar rahbarlari uchrashuvini ham o‘tkazdik. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya hukumatining yarmi va Rossiya Federatsiyasining ko‘plab hududlari rahbarlari Toshkentga bordi. Rossiyaning ayrim hududlari rahbarlari hatto Toshkentda yangilangan Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbariyati bilan ham muloqot qilishdan mamnun bo‘ldi, bu qiziq kechdi, lekin ular bir-biri bilan ham juda faol muloqot qildi. Bu men uchun ham kutilmaganda juda foydali bo‘lib chiqdi”, — dedi Rossiya prezidenti.

абдuсаид кўчимов, afg‘onистон, владимир пuтин, россия - uкраина, ўза

Ikkinchidan, biz Ukraina muammosini muhokama qildik va prezident Mirziyoyev, albatta, Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan O‘zbekistonning xavotirlari haqida bir necha bor gapirdi. Biroq O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan siyosati betaraf va juda muvozanatli ekani uchun biz prezidentdan minnatdormiz”, — deya qayd etdi Putin.

Shundan so‘ng prezident Afg‘oniston masalasiga to‘xtaldi.

Bu haqda ko‘p gaplashdik. O‘zbekiston oldida turgan muammo — dunyo okeaniga, dengizlarga chiqish muammosi, buning hammasi aniq va ravshan. Bu yerda turli xil variantlar mavjud, jumladan, Afg‘oniston hududi orqali logistikani rivojlantirish, logistikaning barcha turlari: quvur liniyalari, temiryo‘l transporti, avtomobil transporti, energiya resurslari, elektr energiyasi va boshqalarni yetkazib berish va hokazo”, — dedi u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu borada Afg‘onistondagi barqarorlik O‘zbekiston uchun ham, Rossiya uchun ham juda muhim.

Biz har doim reallikka tayanganmiz: Afg‘onistondagi hokimiyatni „Tolibon“ nazorat qiladi va, albatta, BMT darajasidagi barcha kelishuvlar, jumladan, Afg‘onistonning barcha etnik guruhlari ishtirokidagi hokimiyat inklyuziv bo‘lishini ta’minlash kerak. Bu nozik, juda muhim savol. Lekin biz „Tolibon“ hukumati bilan munosabatlarni o‘rnatishimiz kerak”, — deya qayd etdi Rossiya yetakchisi.

Umuman olganda, aloqalar mavjud. Afg‘oniston ham buni rivojlantirayotganini bilaman. Oldinga harakatlanamiz, qaysidir ma’noda qo‘shni davlat bilan munosabatlarni yaxshilashimiz kerak, ayniqsa, O‘zbekistonning uzoq chegaraga egaligi hisobga olinsa, xavfsizlikni ta’minlash va takror aytaman, logistikani rivojlantirish kerak. Biz bu borada, albatta, birgalikda ishlaymiz va bu imkoniyatlarni o‘rganamiz, deb kelishib oldik”, — deb so‘zini yakunladi Putin.

  • 2022-yil mart oyida sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Ukrainadagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish zarur deb hisoblashini ma’lum qilgandi. “O‘zbekiston Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetssk xalq respublikalarini tan olmaymiz”, — dedi u.
  • O‘sha yilning fevral oyida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “O‘zbekiston Rossiya tomonidan Ukraina hududida amalga oshirilayotgan harbiy harakatlar masalasida vazmin, neytral pozitsiyada”, — deb ta’kidlagandi. O‘zbekiston barcha nizo va kelishmovchiliklar faqat xalqaro huquq asosida hal qilinishi kerak, deb hisoblaydi, degandi u.