Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bekzot Mardonovich Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, u shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Bekzot Mavlonov faoliyati davomida prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari va bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.