Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident Oljas Bektenovni yaqinda Qozog‘iston hukumati rahbari etib tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

qozog‘iston, tovar ayirboshlash

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirishga e’tibor qaratildi.

Shu jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish jarayonida vakolatli vazirlar boshchiligidagi ishchi guruh doirasida to‘siqlarni bartaraf etish va kelishilgan choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

qozog‘iston, tovar ayirboshlash

Ikki davlat strategik sherikligining asosiy yo‘nalishlari bo‘lgan sanoat, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ustuvor tarmoqlardagi investitsiya dasturlarining yangi portfelini hamda transport va energetika sohasidagi mintaqaviy ahamiyatga ega infratuzilmaviy loyihalarni faol ilgari surish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

qozog‘iston, tovar ayirboshlash

Prezident O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni tubdan kengaytirish maqsadida hukumatlar darajasida yaqin va tizimli aloqalarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.