dayjest

1-martdan nimalar o‘zgaradi?

Aholini havo ifloslanishidan xabardor qilish boshlanadi, chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi, yoshlar rahbarlarga biriktiriladi, “Qizlar akademiyasi” ishga tushadi, nogironligi borlarga Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoni yaratiladi — 1-martdan nimalar o‘zgaradi?


dayjest

Rossiya 1-martdan yana benzin eksportini taqiqlaydi, lekin cheklov O‘zbekistonga taalluqli emas

Rossiyada 1-martdan talabning mavsumiy ortishi fonida benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Cheklovlar O‘zbekiston va YeOII mamlakatlariga ta’sir qilmaydi.


dayjest

Sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi yong‘indan mebel sexining 5 ishchisi qutqarildi

Toshkent shahri sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi mebel sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. U besh soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Besh kishi qutqarildi, halok bo‘lganlar yo‘q.


dayjest

DXX: Guliston tumani sobiq hokimi 300 ming dollarga yer sotish bilan bog‘liq ishga aloqador bo‘lgani aniqlandi

Sirdaryoning Guliston shahrida hokimiyat zaxirasidagi yerni boshqa bir shaxsga noqonuniy olib berishga uringan ikki kishi 300 ming dollar talab qilib, shundan 50 ming dollarini olganda ushlandi. DXXga ko‘ra, jinoiy ishga 2018−2021-yillarda Guliston tumanini boshqargan Shavkat G‘afurov ham aloqador bo‘lgan.


dayjest

Surxondaryoda bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Oqibatda ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etdi, ayol esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.


dayjest

Bolalarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling ham zo‘ravonlik deya belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling qo‘shishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kirishlari mumkin? (Ro‘yxat)

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan 31 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Bundan tashqari kirib kelganda viza olish kerak bo‘lgan va elektron viza olish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati ham keltirib o‘tildi.


dayjest

YI O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

O‘zbekistonda elektron va telekommunikatsion uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mvizion kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi. O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan ham cheklovlar qo‘llangandi.


dayjest

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlar orqali YeIning sanksiyalangan tovarlarini olishda davom etmoqda — Bloomberg

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg.


dayjest

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 954 mlrd so‘mni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan debitor qarzdorligi 954 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bunda jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 767 mlrd so‘mni tashkil etsa, 186 mlrd so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.


dayjest

Farg‘ona viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan 4 ta mayning ferma aniqlandi

DXX Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 4 ta noqonuniy mayning ferma jami 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilganini aniqladi. Fermalarning biri 3 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lgan. Holatga aloqador shaxslarga nisbatan o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.


dayjest

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qildi

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha bergan arizasini ratifikatsiya qildi. Mamlakat Shvetsiyaning harbiy blokka qo‘shilishi uchun roziligi kerak bo‘lgan eng so‘nggi davlat edi. Rasmiy jarayonlar yakunlangach, Shvetsiya NATOning 32-a'zosiga aylanadi.


dayjest

227−1-modda kuchga kirgandan buyon tadbirkorlarga jami 694 mlrd so‘m jarima qo‘llangan

Davlat soliq qo‘mitasi 227−1-modda kuchga kirganidan buyon 1500 dan ortiq tadbirkorga nisbatan 694 mlrd so‘m jarima qo‘llanganini ma’lum qildi. Shundan 39 mlrd so‘mi undirilgan. Endilikda ushbu jarimalarning 98 foizi hisobdan chiqariladi.


dayjest

Biznesga Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha qo‘llangan jarimalarning 98 foizi hisobdan chiqariladi

Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan fiskal huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini 50 baravarga — aylanmaning 100 foizidan 2 foizigacha kamaytirishni tasdiqladi. Shuningdek, biznesga bu modda qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelgan qarzlarning 98 foizi hisobdan chiqariladi.


dayjest

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi

“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klub huquqshunoslari Rivaldo va Denilsonga qariyb 9,2 mln yevro to‘lash bo‘yicha FIFA qarorini yumshatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarzni to‘lash masalasini klub rahbariyati, ya’ni “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hal qiladi.


dayjest

Qashqadaryodagi kaliy zavodi sizot suvlarni soyga oqizgani aniqlandi

Dehqonobod tumanidagi kaliy zavodi sizot suvlarni soyga oqizgani ma’lum bo‘ldi. Ekologiya vazirligi zavodga nisbatan 363 mln so‘m kompensatsiya to‘lovi belgiladi va 18 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berdi.


dayjest

AQSh va Germaniyada “O‘zbekiston IT kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi

2024-yilda AQSh va Germaniyada “O‘zbekiston IT kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

15 yoshli bola onasi tazyiq o‘tkazib kelayotgani yuzasidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, uning vasiyligi buvisiga o‘tkazildi

Buxoroda 15 yoshli bola onasi unga doimiy tazyiq o‘tkazib kelishi, otasi esa aliment to‘lamagani sabab ozodlikdan mahrum qilinganini aytib, bolalar ombudsmanidan o‘zi va singlisini onasi qaramog‘iga bermaslik bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Holat o‘rganilgach, bolalarga buvisi vasiy etib belgilandi.


dayjest

Antarktidada ilk bor parranda grippi aniqlandi

Antarktida materigida H5N1 parranda grippi xavfli shtammi bilan kasallanishning birinchi holatlari qayd etildi. Olimlar kasallik endi pingvinlarning yirik koloniyalari orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirda.


dayjest

Toshkentda 665 gektar maydonda “Yangi avlod” sanoat zonasi tashkil etiladi

Prezident Toshkent shahri Yangihayot tumanida 664,5 gektar maydonda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etish loyihasini tasdiqladi. Uning boshqalardan farqi shundaki, egallab turgan maydonidan kelib chiqib, ishtirokchilar uchun mahsulot ishlab chiqarishda alohida shartlar belgilanadi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

O‘zbekistonda o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishiga talablar qanday va ularni bajarmasa nima bo‘ladi?

Munavvarqori aytgandi: “Ovrupo osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupoliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari”. Asr o‘tsa hamki, O‘zbekiston hamon shu “janjallar” ichida. Vaholanki, huquqshunoslarga ko‘ra, Konstitutsiya bu “janjal"ni allaqachon hal qilib bo‘lgan.