Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Fuqarolar quyidagi mamlakatlarga xorijga chiqish pasporti bilan bemalol kirishi mumkin:
- Antigua va Barbuda;
- Armaniston;
- Barbados;
- Belarus;
- Birlashgan Arab Amirliklari;
- Dominika;
- Eron;
- Falastin;
- Filippin;
- Gaiti;
- Gambiya;
- Gruziya;
- Keniya;
- Kot-d`Ivuar;
- Malayziya;
- Mikroneziya;
- Mo‘g‘uliston;
- Moldova;
- Namibiya;
- Ozarbayjon;
- Qirg‘iziston;
- Qozog‘iston;
- Rossiya;
- Cyent-Vinsent va Grenadin orollari;
- Seyshel orollari;
- Shri-Lanka;
- Surinam;
- Tojikiston;
- Turkiya;
- Ukraina;
- Qatar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga kirib kelganda viza olishlari kerak (Visa on arrival):
- Boliviya;
- Burundi;
- Gvineya-Bisau;
- Indoneziya;
- Iordaniya;
- Kabo-Verde;
- Kambodja;
- Komor orollari;
- Laos;
- Livan;
- Madagaskar;
- Makao;
- Maldiv orollari;
- Mavrikiy;
- Mavritaniya;
- Mozambik;
- Nepal;
- Nikaragua;
- Palau;
- Ruanda;
- Samoa;
- Serra-Leone;
- Tailand;
- Togo;
- Tuvalu;
- Yamayka;
- Zimbabve;
- Sharqiy Timor.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga kirish uchun elektron viza olishlari mumkin (E-Visa):
- Efiopiya;
- Ekvatorial Gvineya;
- Ekvador;
- Gabon;
- Gvineya;
- Hindiston;
- Janubiy Sudan;
- Jibuti;
- Kongo Demokratik Respublikasi;
- Lesoto;
- Malavi;
- Nigeriya;
- Saudiya Arabistoni;
- Uganda;
- Vetnam.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Henley & Partners konsalting kompaniyasining jahon pasportlari reytingida 80-o‘rinni egallaydi.