26-fevral kuni президентнинг “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi [PQ-87-sonli] qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda IT sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta’minlash, shuningdek, hududlarga IT xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk);
  • mahalliy bozor uchun IT xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha (Local to Global).
  • 2024-yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
  • Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2027-yil 1-yanvargacha har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 200 ming AQSh dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan, 2024-yilda AQSh va Germaniyada “O‘zbekiston IT kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi.