dayjest

O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori — “Gazli"ning ta’sischisi o‘zgardi. Loyiha haqida nimalar ma’lum?

Gazli Gas Storage QKning nazorat paketi (60%) Rossiyaning “Forus"idan Gonkongning Daxon Holdings kompaniyasiga o‘tdi. Bu kompaniya haqida internetda ma’lumot deyarli yo‘q. U O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori — “Gazli"ni boshqaradi, ya’ni mamlakatning gaz saqlash bo‘yicha energiya balansiga ta’sir ko‘rsatadi.


dayjest

Toshkentda “Avtomobilsiz kun"larda amaldorlar namuna bo‘ladi

Prezident Toshkent shahrida har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Avtomobilsiz kun” loyihasini tasdiqladi. Barcha davlat organlari rahbarlari va xodimlariga ishga jamoat transportida kelish orqali “namuna ko‘rsatish” topshirildi.


dayjest

Maktab formasi bolalarning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin — tadqiqot

Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi.


dayjest

Dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi

24−25-fevral kunlari O‘zbekistonning ko‘p hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.


dayjest

Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining sumka va telefonini nazorat qilishga haqlimi? Rasmiyning javobi

Asosan davomatni ta’minlash uchun maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlarning vakolatlari qayerda boshlanib, qayerda tugashi jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda. “Gazeta.uz” Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshlig‘i Zafar Alimov bilan xodimlarning mavjud vakolatlari haqida suhbatlashdi.


dayjest

Navoiy shahridagi maktabning sport zalida o‘quvchilar sochi ommaviy kaltalandi. Bolalar ombudsmani “nomaqbul” harakatni qoraladi

Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘g‘il bolalar sport zaliga olib kirilib, sochlari oldirildi, bu direktorning tashabbusi bo‘lishi mumkin. MMTB boshlig‘i va bolalar ombudsmani bunday munosabatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Milliy gvardiya esa ularning xodimlari jarayonni to‘xtatishga uringanini bildirdi.


dayjest

Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida “Yevro-5” standartidan past avtomobillar soni bosqichma-bosqich cheklanadi

Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 2030-yilgacha “Yevro-5” va undan yuqori standartlarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.


dayjest

O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi

O‘zbekistonda 1-martdan aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirishni boshlash rejalashtirilmoqda. Qurilish obyektlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi.


dayjest

Toshkentda 1-martdan boshlab tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi

1-martdan boshlab Toshkent shahrida ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari va tirkamalarning harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Prezident bu haqdagi farmonni imzoladi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (24−25-fevral)

Beshta kinopremyera, yarmarkalar, konsertlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko’rgazmalar va bolalar shoulari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

O‘zbekistonning barcha hududlarida kamida bittadan hospis quriladi

2024-yil oxirigacha Toshkent, Nukus va O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida kamida bittadan hospis tashkil etish rejalashtirilmoqda. Loyihalarni amalga oshirish uchun parlament huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grantlari e’lon qilib boriladi.


dayjest

Ikki viloyatning olis hududlariga maktab avtobuslari qatnaydi

Yangi o‘quv yilidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq loyiha Qoraqalpog‘istondan boshlanishi kutilgandi.


dayjest

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olindi

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangan o‘zbekistonlik 24 yoshli yigit O‘zbekistonga olib kelindi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U Suriyaga qanday ketgani hamda bu davrdagi hayoti haqida gapirib berdi.


dayjest

Bayden Yuliya Navalnaya bilan uchrashdi. AQSh Putinga qarshi sanksiya kiritmoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi, hozirda uning faoliyatini davom ettirayotgan Yuliya Navalnaya bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar yetakchisi AQSh Navalniyning o‘limi tufayli Putinga qarshi sanksiyalar joriy qilishini ta’kidladi.


dayjest

Armaniston KXSHTdagi ishtirokini “muzlatib” qo‘ydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtiroki “muzlatib” qo‘yilganini ma’lum qildi. Pashinyan mamlakatga oid kelishuv shartlari bajarilmagani, Rossiyaning shaxsan unga qarshi propagandasi davom etayotganini ta’kidladi.


dayjest

Amerika kosmik apparati yarim asrda birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi ishlab chiqqan “Oddisey” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy sathiga qo‘ndi. “Amerika yarim asr deganda birinchi marta Oyga qaytdi”, — dedi NASA rahbari Bill Nelson. AQSh apparati so‘nggi bor 1972-yili, astronavtlarni olib chiqqan “Apollon-17” missiyasi doirasida Oyga qo‘ngan edi.


dayjest

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab aholiga kredit berish talablari kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab qarz yuki ko‘rsatkichini joriy etish orqali aholiga kredit berish talablari kuchaytirilmoqda. Agar qarz oluvchi daromadining 60 foizini qarzni to‘lash uchun ishlatsa, banklar kredit berishdan bosh tortishlari kerak. 2025-yil 1-yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.


dayjest

Ekopartiya hukumat va bosh prokurorga “Toshkent IES"ning atmosferaga chiqarayotgan tashlanmalari yuzasidan deputat so‘rovi yubordi

Prokuratura vakillari, deputatlar va ekologlardan iborat ishchi guruh “Toshkent IES"ga borib, stansiya quvurlariga filtrlar o‘rnatish va boshqalarni tavsiya qildi. Ekopartiya Energetika vazirligini bu choralarni ko‘rishga chaqirib, hukumat va Bosh prokuraturaga stansiya tashlanmalari bo‘yicha deputat so‘rovi yubordi.


dayjest

Mintaqaviy gaz savdosini faollashtirib, O‘zbekistondagi gaz talabi va taklifi tafovutini bartaraf etish mumkin — Jahon banki

Markaziy Osiyoda mintaqaviy gaz savdosini faollashtirish va Turkmanistondan gaz importini oshirish orqali Qozog‘istonda ko‘mir o‘rnini bosish, O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan talab va taklif o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish mumkin, deyiladi Jahon bankining uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha hisobotida.


dayjest

Gaz “zapravka"larining deyarli uchdan bir qismi ishlay boshladi, cheklovlar esa saqlanib qolmoqda — Energetika vazirligi

Payshanba kuni O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish biroz qisqardi, Turkmanistondan import esa oshdi. Mamlakatda tig‘iz vaqtlarda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolmoqda, dedi Energetika vazirligi mas’uli. Gaz “zapravka"larining deyarli 3 dan 1 qismi faoliyatini tiklagan.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

“„Ezgu amal“ — O‘zbekiston uchun unikal hodisa”

Xayriya mablag‘lari hisobidan onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam beruvchi “Ezgu Amal” fondi 2023-yil yakunlarini sarhisob qildi. Fond bir yil davomida 14 mlrd so‘mdan ziyod xayriya yiqqan. Eng ko‘p pul bemor bolalarni xorijda davolatish uchun sarflangan.