Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasi deputatlari Vazirlar Mahkamasi, bosh prokuror, energetika vaziri va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga deputat so‘rovi yubordi, deb xabar qildi partiya matbuot xizmati.

So‘rovda “Toshkent IES” AJ tomonidan atmosferaga tashlanadigan tashlanmalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi me’yorlariga rioya etishda qonun talablariga rioya qilinganlik holati hamda ushbu tashkilot rahbariyati harakatlarining qonuniyligini tekshirish nazarda tutilgan.

Ekopartiya, shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura vakillari hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida ishchi guruh tuzilib, IESda o‘rganish ishlari olib borilgani haqida xabar berdi.

havoнинг ifloslanishi, тошкент issiqlik elektr stansiyasi, экоpartiya

O‘rganish davomida “Toshkent IES” aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasi va issiqlik energiyasi uzilishlarini oldini olish maqsadida mazut yoqilg‘isidan foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, elektr ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud uskunalarning ma’nan eskirgani, atmosfera havosiga zararli moddalarning ajralib chiqishini oldini olishga xizmat qiladigan texnologiyalarga zarurat borligi ham aniqlandi, deyiladi xabarda.

Mazkur holatdan kelib chiqib ishchi guruh tomonidan quyidagi tavsiyalar berildi:

  • korxonada atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlamalardan namunalar olish va tahlil qilish uchun avtomatik tizimlarni joriy qilish;
  • stansiyadagi quvurlarga atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni kamaytiruvchi filtrlar o‘rnatish;
  • atmosfera havosining ifloslanish darajasini aniqlash uchun statsionar kuzatuv postlarini o‘rnatish;
  • stansiyadagi neft mahsulotlari bilan ifloslangan suvlarni birlamchi tozalash hovuzi ma’nan eskirgani sababli kapital ta’mirlash ishlarini olib borish.

havoнинг ifloslanishi, тошкент issiqlik elektr stansiyasi, экоpartiya

Ekopartiya Energetika vazirligiga ushbu taklif va tavsiyalarni Toshkent issiqlik elektr stansiyasi ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish choralarini ko‘rishni so‘rab murojaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Ekologiya vazirligi Toshkent IESda havo va tuproqqa chiqayotgan zararli chiqindilar tahlil qilgandi. Belgilangan zarar 1 milliard so‘mga baholangan.

O‘z navbatida, Energetika vazirligi issiqlik stansiyalari va issiqlik markazlari mazutdan foydalanishining Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liqligini rad etgan. Vazirlik Toshkent IESda (ToshGRES) belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga mos keladigan filtrlar o‘rnatilganini ma’lum qilgan.