dayjest

“Toshkent atrofida „yashil halqa“ o‘rniga „kulrangi“ shakllandi”. Ekologiya vazirligi — havo ifloslanishi haqida

Toshkent atrofida ko‘mirdan foydalanadigan issiqxonalar sabab “yashil halqa” o‘rniga “kulrang halqa” hosil bo‘ldi, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi “Gazeta.uz"ga. Vazirlik havo ifloslanishining boshqa asosiy sabablarini sanab o‘tdi.


dayjest

O‘zbekistonda havo sifati bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda havo sifatiga oid milliy standartlar ishlab chiqiladi. JSST tavsiyalariga geografik va iqlimiy xususiyatlar tufayli erishish qiyin, hech bir mamlakatdagi ko‘rsatkichlar JSST standartiga muvofiq emas, deya ta’kidladi Ekologiya vazirligi. Havo bilan bog‘liq kasalliklar bo‘yicha ham o‘rganishlar boshlandi.


dayjest

“Sharq” nashriyoti binolari Moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarildi

Toshkent shahar Buyuk Turon ko‘chasi 41-uyda joylashgan “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi binolari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatidan chiqarildi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi qarori bilan Milliy ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish kiritilgan.


dayjest

Toshkentda havo sifati qanday yaxshilanadi? Ekologiya vazirligi — shoshilinch choralar loyihasi haqida

Ekologiya vazirligi “Gazeta.uz"ga Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar loyihasi haqida ma’lumot berdi. Issiqxona hamda zavodlarda chang-gaz filtrlarini o‘rnatish, Ai-80, IESlarda ko‘mir hamda mazutdan foydalanishni taqiqlash va boshqalar shular jumlasidandir.


dayjest

“Toshkentliklar xotirasining sinchlaridan biri”. Boris Chuxovich — “Sharq” (O‘zA) binosi haqida

Arxitektor Richard Bleze qurgan 16 qavatli “Sharq” nashriyoti binosi 10 yil avvalgi noto‘g‘ri rekonstruksiyaga qaramay, hamon Toshkent ramzi bo‘lib qolmoqda, deydi arxitektura tarixchisi Boris Chuxovich. U “Gazeta.uz"ga yozgan maqolasida “Sharq” binolarini saqlab qolish nima uchun zarurligini tushuntirgan.


dayjest

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi sekinlashib, 102,4 foiz bo‘ldi

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 102,4 foizni tashkil etdi (2022-yilda 107,3 foiz). Mamlakat bo‘yicha jon boshiga umumiy daromadlar 20 mln so‘mni tashkil etdi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda (44,4 mln so‘m), eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda (14,5 mln so‘m) qayd etildi.


dayjest

AQSh O‘zbekistonga 131 tonna oziq-ovqat yordamini yetkazib berdi

AQSh o‘zining USAID dasturi orqali O‘zbekistonga qiymati 420 ming dollardan ziyod bo‘lgan 131 tonna oziq-ovqat yordamini yetkazdi. Bu orqali tuberkulyoz va ruhiy salomatlik muassasalaridagi bemorlar, nogironligi bo‘lgan bolalar va keksalar 6,5 mln porsiya oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.


dayjest

O‘zbekistonda Jadidlar.uz platformasi ishga tushirildi

Fanlar akademiyasi Tarix instituti jamoasi tomonidan ikki yil davomida yaratilgan Jadidlar.uz platformasi test rejimida ish boshladi. Loyiha uchun 1 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratilgan. Unga 250 ga yaqin jadid haqida ma’lumotlar kiritilgan.


dayjest

O‘zbekiston 2027−2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

Qo‘shilmaslik harakatining barcha a’zolari 2027−2029-yillarda harakat raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatladi.


dayjest

Jamoat transporti tizimidagi kamchiliklar yuzasidan transport vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Senator Farxod Boqiyev transport vaziri Ilhom Mahkamovga jamoat transporti tizimidagi kamchiliklar, jumladan, ayrim haydovchilarda muomala madaniyatining yetarli emasligi, kunlik “plan"dan to‘liq voz kechilmagani va aholi tomonidan murojaatlar sonining ortgani sabab so‘rov yubordi.


dayjest

Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi

Rossiya qo‘shinlarining Ukraina shaharlari, jumladan, Kiyev va Xarkovga bergan yirik raketa zarbalari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 60 ga yaqin kishi jarohatlandi.


dayjest

Prezident “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi"ni ochish taklifini ma’qulladi

SSV tuzilmasida “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisini ochish reja qilinmoqda. Tashkilot davlat tibbiy sug‘urta, kafolatlangan bepul xizmat, dori paketi tizimi va boshqalarni joriy etadi. Markaz davlat xaridlari shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilish kabilarga ko‘maklashadi.


dayjest

Sadir Japarov: “Oqim manbaida turibmiz va suv bermaymiz, deb bahslashish — bema’nilik”

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat qarzi, suv taqchilligi, Qambarota-1 GES va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi masalalari haqida intervyu berdi. “Oqim manbaida turibmiz va suv bermaymiz, deb bahslashish — bema’nilik”, — deya ta’kidladi u.


dayjest

O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan

O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3−7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan.


dayjest

2023-yilda gaz qazib olish 5 mlrd kub metrga qisqardi, benzin ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish oshdi

2023-yil oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish ham qisqardi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha ko‘paydi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish ham oshdi.


dayjest

O‘zbekiston Osiyo Kubogining nimchorak finaliga chiqdi

O‘zbekiston futbolchilari Avstraliya bilan durang o‘ynab, Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichiga chiqdi (video, foto, statistika).


dayjest

“Sharq” binolarining aksariyati ayanchli ahvolda va to‘liq rekonstruksiyaga muhtoj — Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi “Sharq” nashriyoti binolari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarilishini izohlarkan, “aksariyati ayanchli holatida ekani va to‘liq rekonstruksiyani taqozo etishi"ni bildirdi. Binolar 2023-yilning oktabrida DABA ishchi guruhi bilan birga o‘rganilgan.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Ertaga, 24-yanvar kuni u mamlakat rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi.


dayjest

Markaziy bank — mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida

Mehnat bozoridagi vaziyat barqarorligicha qolmoqda: ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha pasaygan, joriy yil ko‘rsatkich 7,5−8 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Mehnat migratsiyasida geografik diversifikatsiya kuzatilmoqda, Rossiyadan pul o‘tkazmalari ulushi 87 foizdan 78 foizga kamaydi.


dayjest

O‘zbekistonlik ayol Hindistonda is gazidan vafot etdi

Hindistonning Haryana shtatidagi dam olish maskanlaridan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Ma’lum bo‘lishicha, u is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Hozirda marhumani vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.